Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 677 marta o'qildi

Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik

  • Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs ushbu kelishuvda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
  • Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmay qolgan aliment summasining o‘ndan bir foizi miqdorida aliment oluvchiga neustoyka to‘laydi.
  • Aliment oluvchi aliment o‘z vaqtida to‘lanmaganligida aybdor aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsdan aliment to‘lash majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganlik oqibatida etkazilgan barcha zararlarning neustoyka bilan qoplanmagan qismini undirishga ham haqlidir.

Aliment to‘lamaganlik uchun javobgarlik
  • Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, ya’ni qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar berganlik, ijro hujjatini yo‘qotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor o‘zining yangi ish, o‘qish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma’lum qilmaganligi javobgarlikka sabab bo‘ladi.
  • Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Aliment to‘lashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik
  • Voyaga etmagan yoki voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
  • Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa javobgarlikka sabab bo‘aldi.
  • Voyaga etgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamasligi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa javobgarlikka sabab bo‘ladi.
  • Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.

Aliment to‘lashdan bosh tortganlik uchun prokuratura organlariga murojaat qilish uchun havolaga o‘ting.

Chat